O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazadi

eʼlon qilindi
“Clean Hydrogen for Uzbekistan” loyihasi rasman ishga tushirildi
O‘zbekiston 2030-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazadi
Foto: Pexels

O‘zbekiston 2030-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

2-aprel kuni Toshkent shahrida Global yashil o‘sish instituti Energetika vazirligi bilan Clean Hydrogen for Uzbekistan loyihasini rasman ishga tushirdi. Loyiha Janubiy Koreya tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Toza vodorod past yoki nol darajadagi zararli chiqindilar bilan ishlab chiqariladi. U energiyani saqlash va tashish imkonini beradi. Shu sababli vodorod energiyasi global miqyosda muhim yo‘nalish sifatida qaralmoqda.

Yangi loyiha doirasida milliy siyosiy va huquqiy asoslar mustahkamlanadi. Shuningdek, davlat sektorida mutaxassislar salohiyati oshiriladi. Bundan tashqari, vodorod bozorini rivojlantirish uchun yangi loyiha imkoniyatlari aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 43 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek