Yangiliklar

Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi

Farruh Omonov Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Yoshlar ishlari agentligida qator vazifalarda faoliyat olib borgan
Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
Foto: Omonov instagram sahifasi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Farruh Omonov Prezident Xalq qabulxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlov munosabati bilan u Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Omonov 2025-yil 30-iyul kunidan buyon Prezident Administratsiyasi (PA) Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan avval u PA Axborot ta’minoti va OAV bilan aloqalar shu’basi mudiri bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, Farruh Omonov 1988-yil 19-dekabrda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Yoshlar ishlari agentligida qator vazifalarda faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ahror Burxonov O‘zbekistonning Vashingtondagi Bosh konsuli bo‘lgani haqida yozgan edi.