Gadjetlar

Samsung smartfonlarining narxi oshadimi yoki yo‘q: kompaniya qanday strategiyani tanlagan

Kompaniya endi ayrim qurilmalarda Xitoy komponentlaridan faolroq foydalanmoqda
Samsung smartfonlarining narxi oshadimi yoki yo‘q: kompaniya qanday strategiyani tanladi
Foto: Depositphotos

Samsung kompaniyasi smartfon narxlari oshib borayotgan sharoitda yangi strategiyani joriy qildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

So‘nggi bir yil ichida sun’iy intellekt texnologiyalariga talab ortgani sabab xotira chiplar narxi keskin oshdi. Bu esa smartfonlar narxiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu vaziyatda Samsung ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida yetkazib beruvchilarni kengaytirishga qaror qildi. Endilikda kompaniya ayrim qurilmalarda Xitoydan yetkazib beriladigan komponentlardan faolroq foydalanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta segmentdagi Galaxy A57 modeli uchun OLED ekranlar Xitoyning CSOT kompaniyasidan olinmoqda. Avval bu panellar asosan Samsung Display tomonidan yetkazib berilar edi. Bundan tashqari, yangi Galaxy Z Flip 7 modeli uchun mentesha yetkazib beruvchisi ham o‘zgartirilgan. Janubiy Koreyaning KH Vatec kompaniyasi o‘rnini Xitoyning Huanli kompaniyasi egallagan.

Samsung smartfonlarining narxi oshadimi yoki yo‘q: kompaniya qanday strategiyani tanladi
Foto: Depositphotos

Samsung ayrim Galaxy S series qurilmalarida ham Xitoy ishlab chiqaruvchilarining ultra keng burchakli kameralaridan foydalanishni boshlagan. Bu o‘zgarishlar Janubiy Koreyadagi yetkazib beruvchilarga bosimni oshirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung ayrim flagman smartfonlari narxini oshirishi haqida yozgan edi.