Sport

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi hamda jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Kutilayotgan ushbu to‘qnashuv Aleksandr Usik ishtirokidagi boks oqshomida bo‘lib o‘tadi
Foto: DAZN

Yarim o‘rta vazn toifasida jang qiladigan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov 23-may kuni Misrdagi Giza ehromlari yonida Jek Katterollga qarshi ringga ko‘tariladi.

Tomonlar jang bo‘yicha kelishuvga erishgan bo‘lib, rasmiy tasdiq yaqin kunlarda e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Har ikki bokschi ham Eddi Xirnning Matchroom kompaniyasi mijozi hisoblanadi. O‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (17-0, 10 nokaut) so‘nggi marta 2025-yil aprel oyida Franko Okamponi nokautga uchratgan edi.

Jek Katteroll (32-2, 14 nokaut) esa noyabr oyida Ekov Essuman ustidan g‘alaba qozongan. Hozirda G‘iyosov WBA reytingida 1-o‘rinni, Katteroll esa 6-pog‘onani band etgan. Mazkur to‘qnashuv WBA ning muntazam chempionlik kamari uchun kechishi kutilmoqda. Kechaning markaziy jangida Aleksandr Usik Riko Verxovenga qarshi o‘zining WBC kamarini himoya qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shahram G‘iyosov WBA chempionlik kamari uchun jang qilishi haqida xabar bergan edi.