Yangiliklar

Slovakiyada ish: oylik maosh 1,2 ming yevrodan boshlanadi

Nomzodlar 21 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi lozim
Slovakiyada ish: oylik maosh 1,2 ming yevrodan boshlanadi
Foto: Pexels

Slovakiyada yuk tashish va ombor logistikasi sohasida kara haydovchilari uchun vakansiya e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Nomzodlar 21 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi, rus tilini bilishi va kamida «B» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak. Retrak haydovchilari uchun qo‘shimcha ravishda kamida 1 yillik tajriba va ish jarayonidan video taqdim etish talab qilinadi.

Ish uchun asosiy oylik 1,17 ming yevro etib belgilangan. Bundan tashqari, tungi smenada ishlaganlar uchun qo‘shimcha 100 yevro, bonus sifatida yana 115 yevro to‘lanadi. Qo‘shimcha ish soatlari alohida haq bilan qoplanadi.

Foto: Pexels

Xodimlar uchun bir qator qulayliklar ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, ovqatlanish kuniga 6,98 yevro miqdorida ta’minlanadi. Yashash joyi oyiga 300 yevro bo‘lib, keyinchalik kompensatsiya qilib beriladi. Agar ish joyi uzoq bo‘lsa, transport bepul tashkil etiladi.

Nomzodlar maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari Latviyaga ish taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.