
Xitoyda dunyodagi eng og‘ir yuk tashuvchi dronlardan biri hisoblangan Changying-8 (CY-8) samolyoti muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda CCTV ma’lum qildi.
Changying-8 dronining og‘irligi 3,5 tonnani tashkil qiladi va u yana shuncha yukni havoga ko‘tarish imkoniyatiga ega. Dronning qanotlari 25 metrga cho‘zilgan, fuselyaj uzunligi esa 17 metrni tashkil etadi. Yuk bo‘limi samolyotning boshqa qismlaridan to‘liq ajratilgan va 18 kubometr hajmga ega.
Havoga ko‘tarish ikki turbovintli dvigatel orqali amalga oshiriladi. Dron qisqa parvoz yo‘laklaridan ham uchish qobiliyatiga ega bo‘lib, test uchishida 280 metr yetarli bo‘lgan.
Shuningdek, dron 4-5 km balandlikda uchish va taxminan 3000 km masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega ekani alohida ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya 200 ta havo mudofaa va dronlarga qarshi tizimlarni sotib olgani haqida yozgan edik.