Yuzdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaning vaqtincha saqlash markazlarida saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Ularni tezroq vatanga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Yuzdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaning vaqtincha saqlash markazlarida saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
Foto: «RIA Novosti»

Yuzdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaning vaqtincha saqlash markazlarida saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari va Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakili uchrashuvida qayd etilgan.

Ularni tezroq vatanga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, bosh konsulxonaga ayrim fuqarolarni saqlash muddati uzayib ketgani bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani bildirilgan.

Suhbat davomida O‘zbekiston tomoni 1-fevraldan 25-martgacha bo‘lgan davrda ayrim yurtdoshlar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmaganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, Rossiya tomonida nazorat kuchaytirilgani va qo‘shimcha tekshiruvlar joriy etilgani sabab bu holat yuzaga kelgan. Shu bois Uzbekistan Airways va Centrum Air parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘lgan.

Bu vaziyat ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalari va savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, «Navobod Naslli Parranda» fermer xo‘jaligi va «AgroPtitsa» kompaniyasi o‘rtasidagi $20 mlnlik kelishuv doirasida inkubatsiya tuxumlarini Primorye hududiga yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga 1,1 mingdan ortiq shaxs doimiy yashash uchun ko‘chib kelgani haqida yozgan edi.

Shuningdek