2026-yilda 885 ta noqonuniy energiya iste’moli holati aniqlandi

eʼlon qilindi
Ko‘rsatmalarga amal qilmagan 11 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan
2026-yilda 885 ta noqonuniy energiya iste’moli holati aniqlandi
Foto: Unsplash

Joriy yilning birinchi choragida 885 ta noqonuniy energiya iste’moli holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga jami 196 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Shundan 94,4 mlrd so‘m elektr energiyasi, 101,6 mlrd so‘m esa tabiiy gaz talon-toroj qilingani qayd etildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzgan iste’molchilarga nisbatan 1,6 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida 180 ta holatda sifatsiz mahsulot aniqlangan. Umumiy hajmi 4 ming tonna bo‘lgan ushbu mahsulotlarning sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Bundan tashqari, quvvati 50 kW va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilar orasida reaktiv energiyani kompensatsiya qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish ishlari olib borildi. Natijada 2,9 mingta iste’molchida bunday qurilmalar o‘rnatildi va 19,4 mln kilovatt-soat elektr energiyasi tejashga erishildi.

Ko‘rsatmalarga amal qilmagan 11 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishi haqida yozgan edi.

Shuningdek