Аfg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Afg‘oniston hududida sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning bir qator viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Zilzila 2026-yil 3-aprel kuni soat 21:12 da sodir boʻlib, uning magnitudasi 6.0 va chuqurligi 207 kmni tashkil etdi. Episentr Badaxshon, Afg‘oniston hududida joylashgan boʻlib, Toshkent shahridan 526 km janubiy-sharqda joylashgan. Koordinatalari 36,69 N, 70,76 E sifatida qayd etilgan.
Oʻzbekiston hududida zilzila sezilish darajalari viloyatlar boʻyicha farq qildi. Surxandaryo viloyatida 3 ball kuchida sezilgan zilzila 314 km uzoqlikdan hiss qilindi. Farg’ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 2-3 ball kuchida kuzatildi. Toshkent shahrida esa 2-3 ball sezildi.
Mutaxassislar aholiga tinchlanishni va ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qilmoqda, ayniqsa togʻli hududlarda yashovchilar xavfsizlik choralarini oshirishlari lozim. Zilzilalar hududlarda qisqa muddatli, lekin sezilarli tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tojikistonda sodir bo‘lan zilzila kuchi Toshkentda ham sezilgan edi.