
Amerikaning Dodge kompaniyasi 15 yildan beri ishlab chiqarilayotgan Durango modeli savdosida o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi. Krossover 2025-yilda 81,1 ming nusxada sotilgan.

2011-yilda taqdim etilgan uchinchi avlod Dodge Durango 2026-yilda ham o‘zining an’anaviy V8 dvigatellari bilan sotuvni davom ettiradi. Krossoverning bazaviy modeli narxi $38,5 dan boshlanadi. Model qatorida 710 ot kuchiga ega 6,2 litrli SRT Hellcat eng qimmat va kuchli versiya bo‘lib, u $80,5 ga baholanmoqda. Shuningdek, tez orada $50 mingdan arzonroq bo‘lgan V8 dvigatelli R/T modifikatsiyasi ham sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Avvalroq kuchli dvigatellar qat’iy ekologik talablar sababli AQShning 18 ta shtatida taqiqlangan edi. Biroq kompaniya emissiya qoidalariga moslashish orqali avtomobilni butun mamlakat bo‘ylab sotish imkoniyatini tikladi.

Bozor talabi barqaror yuqori ekani hamda elektromobillarga bo‘lgan qiziqishning biroz pasayishi ortidan, Stellantis korporatsiyasi krossoverning navbatdagi avlodini ishlab chiqarishni 2029-yil oxiriga qoldirdi. Yangi modellar Detroytdagi zavodda yig‘iladi va bu loyihaga $130 mln sarmoya yo‘naltiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jeep ishlab chiqaruvchisi yarim yilda 2,3 milliard yevro zarar ko‘rgani haqida xabar bergan edi.