Yangiliklar

Dollar haftani o‘sish bilan boshlaydi: 6-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

3-apreldan dollar yuqorilashni boshladi: shu kuni AQSh valyutasi 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni tashkil etdi
Dollar haftani o‘sish bilan boshlaydi
Foto: engin akyurt / Unsplash

6-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 20,83 so‘mga oshib, 12 170,67 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

30-mart kuni 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil qilgan edi. 31-mart kuni 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil etgan edi. AQSh valyutasi 1-apreldan pasayishni boshladi: 1-aprel kuni 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘m, 2-aprel kuni esa 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘m bo‘ldi. 3-apreldan dollar yuqorilashni boshladi: shu kuni AQSh valyutasi 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 44,69 so‘mga oshib, 14 048,60 so‘mni, rubl esa 1,2 so‘mga oshib, 152,30 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.