
Farg‘ona viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Farg‘ona shahridagi MChJning mas’ul shaxslari ko‘p qavatli uyni umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulagani aniqlandi. Natijada 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuq qonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament Farg‘ona viloyatida noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh qilgan edi.