Kia EV9 GT elektromobili sinovlarda g‘olib bo‘ldi

3-aprel 2026 12:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia EV9 GT elektromobili sinovlarda g‘olib bo‘ldi
Foto: Kia

Kia EV9 GT elektromobili Auto Bild nashri o‘tkazgan taqqoslov testida eng yaxshi avtomobil deb topildi. Bu haqda «Tarantas Nyus» nashri xabar bermoqda.

Avtomobil 508 ot kuchiga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 4,3 soniyada tezlashadi. 800 voltli arxitektura tufayli batareya 10 foizdan 80 foizgacha atigi 24 daqiqada zaryadlanadi. Hakamlar modelning asosiy ustunligini texnologiya va qulaylik muvozanati deb baholagan. Ko‘plab raqobatchilardan farqli ravishda avtomobilda asosiy funksiyalar uchun jismoniy tugmalar saqlab qolingan. Bu haydovchi e’tiborini chalg‘itmaslikka yordam beradi.

Foto: Kia

Krossover ikki motorli tizim va to‘liq uzatma bilan jihozlangan. U shahar sharoitida ham, uzoq masofali safarlarda ham qulay harakatlanish uchun moslashtirilgan. Model 6 va 7 o‘rindiqli variantlarda taklif etiladi. Yukxona hajmi maksimal 2393 litrga yetadi. Shuningdek, V2L funksiyasi, zamonaviy haydovchi yordam tizimlari va adaptiv osma mavjud.

Kia uchun EV9 GT modeli muhim bosqich bo‘lib, kompaniyani uch qatorli premium elektromobillar segmentiga olib chiqmoqda. U Tesla Model X, BMW iX va Volvo EX90 kabi modellarga raqobatchi sifatida qaralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Kia Seltos 2027 dizayni keskin o‘zgarishga uchrashi haqida yozgan edi.

Shuningdek