Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

3-aprel 2026 10:09 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Nursulton Ro‘ziboyev / Foto: Yahoo Sport

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev o‘zining navbatdagi jangini 27-iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasi orqali xabar berdi.

Foto: Instagram / Nursulton Ro‘ziboyev

UFC Fight Night 280 turnirida Ro‘ziboyevga rossiyalik Andrey Pulyayev raqiblik qiladi. Pulyayev 2024-yili promoushen bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, UFC’da 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Rossiyalik jangchi oxirgi jangini UFC 324 turniri doirasida joriy yilning 24-yanvar kuni Ateba Gautierga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchragan.

Professional MMA jangchisi sifatida faoliyatini 2014-yilda boshlagan Nursulton Ro‘ziboyev 2023-yilda UFC promoushenida debyut qilgan. O‘zbekistonlik sportchi o‘tgan yilning avgust oyida UFC 319 musobaqasida amerikalik Brayan Battlga qarshi jang qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq raqibi o‘rta vazn toifasi limiti talablarini bajara olmagani sababli ushbu to‘qnashuv bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev UFC’da jami 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bogdan Guskov UFC 323 turnirida qancha ishlab topgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek