
O‘zbekistonda kredit hamda to‘lov tashkilotlari ilovalarida ro‘yxatdan o‘tishda mijozning telefon raqami uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga qat’iy mos kelishi tekshiriladi.
Yangi talablarga ko‘ra, bank ilovalarida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida telefon raqami hamda JSHSHIR mosligi aniqlanmasa, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni darhol to‘xtatiladi. Bu holat yuzasidan foydalanuvchiga SMS-xabarnoma orqali rad etilgani haqida ma’lumot yuboriladi.
Shuningdek, foydalanuvchining ilovadagi telefon raqami va u biriktirmoqchi bo‘lgan bank kartasining SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan raqami bir-biridan farq qilsa ham, karta biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holatlarda mobil ilova orqali mijozga PUSH-xabar ko‘rinishida tegishli ogohlantirish beriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yillik inflyatsiya darajasi 7,3 foiz atrofida saqlanib qolayotgani haqida xabar bergan edi.