Qashqadaryoda bozor rahbari pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Pexels

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida faoliyat yurituvchi bozor rahbari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod tumanida faoliyat yurituvchi bozorlardan birining rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga noqonuniy taklif bergan. U bozor hududidagi hujjatsiz savdo do‘konini sotishini, keyin esa uni rasmiylashtirib berishini aytgan.

Evaziga mansabdor shaxs 80 mln so‘m talab qilgan. Tezkor tadbir davomida u tadbirkordan $6,6 ming olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryoda bozor rahbari pora bilan ushlandi
Foto: DXX

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda Tojikistondan 6 million so‘mlik Starlink’ni noqonuniy olib kirayotganlar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek