Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi yangi tartibga o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Prezident qaroriga muvofiq
Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi yangi tartibga o‘tkaziladi / Foto: Kinwun / Depositphotos.com

Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi choralarni belgilovchi qarorni tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

«Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yana takomillashtirish choralarini belgilash» to‘g‘risidagi prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab «Toshkent irriqatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetida o‘qish yangi tartibda tashkil etiladi.

Talabalar uchun amaliyot ikki shaklda o‘tadi: birinchi – 6 oy davomida nazariy ta’limdan ajratilgan va hududga chiqib tashkil etiladigan malakaviy amaliyot; ikkinchi – «4+2» shaklida, ya’ni nazariy ta’lim bilan birlashtirilgan to‘liq uyushgan amaliyot.

Shuningdek, universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari viloyatlarga biriktiriladi. Ular viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi. Talabalar sayyor darslarni hududlardagi qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari hamda «Suvchilar maktabi» bazasida o‘tadilar.

Universitetda istiqbolli loyihalar ofisi tashkil qilinadi, bu esa talabalarning amaliy faoliyatini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha yagona agentlik tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek