Yangi Damas 3 xaridorlarga yetkazib berila boshlandi: nimalar ma’lum

3-aprel 2026 14:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Damas 3 xaridorlarga yetkazib berila boshlandi: nimalar ma’lum
Foto: Autostrada

«UzAuto Motors» AJ yangi Damas 3 modelini ilk xaridorlarga yetkazib bera boshladi. Bu haqda «Autostrada» nashri ma’lum qildi. Eski modellarining narxi esa 5 mln so‘mga arzonlagan.

Yangi model UzAuto Motors tomonidan Xorazm viloyatining Pitnak shahrida ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya eski Damasni ishlab chiqarishni to‘xtatmadi. U yangi model bilan birga bozorda qoladi. Damas 3 aslida Xitoydagi Wuling Motors ishlab chiqargan model asosida yaratilgan. U boshqa bozorlarda Chevrolet Tornado Van nomi bilan sotiladi.

Foto: Chevrolet

O‘zbekistonda esa narxi Xitoyga nisbatan ancha yuqori. Yangi model ikki xil variantda taklif etiladi. Max versiyasi yuk tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, Move versiyasi 7 yoki 8 o‘rinli yo‘lovchi avtomobili hisoblanadi. Ular 1.2 litrli 81 ot kuchi yoki 1.5 litrli 103 ot kuchiga ega dvigatellar bilan jihozlangan. Har ikkala motor ham Euro-5 standartiga mos keladi.

Foto: Chevrolet

Damas 3 narxlari 134 mln so‘mdan 154 mln so‘mgacha yetadi. Eng arzon versiya – Max VAN 1.2 $11 ming atrofida baholanmoqda. Eng qimmat komplektatsiya esa $13 mingdan yuqori. Avtomobilda xavfsizlik va qulaylik sezilarli yaxshilangan. Endi barcha versiyalarda ikkita xavfsizlik yostiqchasi, ABS, EBD, rul kuchaytirgichi va Bluetooth mavjud. Bu funksiyalar eski Damasda yo‘q edi.

Narx:

Narxlar:

ModelNarx
DAMAS MAX VAN 1.2 LV0134 439 000 so‘m
DAMAS MAX VAN 1.5 LV0142 471 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.2 LV0139 675 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.2 LV1144 563 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.5 LV0149 011 000 so‘m
DAMAS MOVE PAS 1.5 LV1154 128 000 so‘m

Shu bilan birga, eski Damas modellari narxi tushirilgan. Masalan, yo‘lovchi versiya 91,9 mln so‘m, yuk versiyasi esa 88,1 mln so‘mdan sotilmoqda. Yangi va eski model o‘rtasidagi farq 46 mln so‘mdan 62 mln so‘mgacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Damas Xitoy originali bilan solishtirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek