Dam olish kunlari 20 ta bankda valyuta ayirboshlash xizmatlari ishlaydi

4−5-aprel, shanba va yakshanba kunlari 20 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi:
- Agrobank;
- Apex bank;
- O‘zmilliybank;
- Tenge bank;
- Hamkorbank;
- Anorbank;
- Garantbank;
- Hayot bank;
- Asakabank;
- Universalbank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Trastbank;
- Ipoteka-bank;
- Saderat bank;
- InfinBank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipak Yo‘li Banki;
- Mikrokreditbank;
- Kapitalbank.
Shu bilan birga, aholi 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank boʻlimiga tashrif buyurmasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida onlayn valyuta ayirboshlash imkoniyatiga ega.
Eslatma: bank boʻlimlarining ish tartibi hudud va filialga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli aniq ma’lumotlarni bevosita tijorat banklaridan oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanchaga pastlagani haqida xabar bergan edi.