Chevrolet Tracker uchun chegirma e’lon qilindi

5-aprel 2026 18:01 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: GMAuthority

Chevrolet Tracker 2026 uchun aprel oyida foydali takliflar e’lon qilindi. Xaridorlar past foizli kredit, 90 kun to‘lovsiz muddat va arzon lizing imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

Takliflar AQSh bozorida 30-aprelgacha amal qiladi.

Moliyalashtirish doirasida xaridorlarga 2,9% stavkada 48 oygacha kredit, shuningdek, dastlabki 90 kun davomida to‘lovsiz davr taklif etilmoqda. Bundan tashqari, $500 miqdorida naqd chegirma ham mavjud.

Lizing variantlari ham e’tiborga molik. Xususan, Trax LT modeli uchun oyiga $269–309 oralig‘ida 24 oylik lizing dasturlari taklif qilinmoqda. Shartlarga ko‘ra, yiliga 10 ming mil yurish limiti belgilanadi va boshlang‘ich to‘lov miqdori tanlangan variantga qarab farq qiladi.

Model narxlari esa $23 495 dan boshlanib, $27 195 gacha yetadi. Bu uni AQSh bozoridagi eng arzon yangi avtomobillardan biriga aylantiradi.

Texnik jihatdan Trax 1,2 litrli turbomotor bilan jihozlangan bo‘lib, 137 ot kuchi ishlab chiqaradi. Modelda yangi rang variantlari ham qo‘shilgan, biroq umumiy dizayn va texnik qismda katta o‘zgarishlar yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Onix avtomobilining tarixiy yo‘li haqida yozgandi.

Shuningdek