Xiaomi 87 dollarlik yangi monitorini taqdim etdi

Xiaomi Redmi G25 2026 modelini taqdim etdi. 240 Gts yangilanish tezligiga ega monitor arzon narxi bilan e’tiborni tortmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Xiaomi 24,5 dyuymli Redmi G25 2026 monitorini rasman namoyish qildi. Qurilma Full HD (1920×1080) ruxsat va 240 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Monitor tezkor IPS panel bilan jihozlangan bo‘lib, 1 ms (GTG) javob vaqti hamda 178 darajagacha keng ko‘rish burchagini taqdim etadi. Qurilma VESA DisplayHDR 400 sertifikatiga ega bo‘lib, maksimal yorqinligi 400 nitni tashkil qiladi.
Shuningdek, model AdaptiveSync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va Nvidia G-Sync hamda AMD FreeSync bilan mos ishlaydi.
Rang uzatish borasida monitor 100% sRGB va 95% DCI-P3 rang qamrovini ta’minlaydi. Zavod sozlamalarida Delta E ko‘rsatkichi 2 dan past bo‘lib, aniq ranglarni kafolatlaydi.
Ulanish uchun DisplayPort 1.4, HDMI 2.0 va 3,5 mm audio portlari mavjud. Qurilmaning vazni taxminan 3,1 kg, o‘lchamlari esa 557×171,3×445,6 mm ni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu modelning 300 Gts yangilanish tezligiga ega varianti ham taqdim etilgan bo‘lib, uning narxi biroz qimmatroq — $100 dan yuqori.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi tungi ko‘rish funksiyasiga ega SI kamerani taqdim etgani haqida yozgandi.