Bojxona yig‘imlari 30 foizdan ortiq kamaytiriladi — bosh vazir o‘rinbosari

eʼlon qilindi
Bir oy ichida
Bojxona yig‘imlari 30 foizdan ortiq kamaytiriladi — bosh vazir o‘rinbosari / Foto: Savdo-sanoat palatasi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda bojxona deklaratsiyasi bilan bog‘liq umumrespublika yig‘imlarini 30 foizdan ortiq kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda «SVS Navoiy» xorijiy korxonasi vakili bojxona operatsiyalari bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni qayta tiklashni taklif qildi. Eksport salohiyati ortib borayotgan sharoitda biznesni qo‘llab-quvvatlash zarurati ushbu tashabbusga asos bo‘lgan.

2025-yilda eksportni rasmiylashtirish xarajatlari 50 foizlik chegirma bekor qilinganidan so‘ng oshgan. Bu o‘zgarish Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, eksport va import stavkalari tenglashtirilgan. Natijada biznes zimmasidagi moliyaviy yuk sezilarli darajada ko‘paygan.

Bojxona qo‘mitasi umumiy tariflarni kamaytirish bo‘yicha taklifni allaqachon hukumatga kiritgan va hozirda prezident administratsiyasida kelishuv jarayonidan o‘tmoqda. Jamshid Xo‘jayev tizimli yechimni ta’minlashni topshirib, o‘zgarishlar bir oy ichida joriy etilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident soliq organlari faoliyati takomillashtirilib, «yashirin iqtisodiyot» qisqartirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shuningdek