
7-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 4,67 so‘mga oshib, 12 175,34 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
31-mart kuni 15,21 so‘mga oshib, 12 210,71 so‘mni tashkil etgan edi. AQSh valyutasi 1-apreldan pasayishni boshladi: 1-aprel kuni 16,50 so‘mga tushib, 12 194,21 so‘m, 2-aprel kuni esa 52,11 so‘mga tushib, 12 142,10 so‘m bo‘ldi. 3-apreldan dollar yuqorilashni boshladi: shu kuni AQSh valyutasi 7,74 so‘mga oshib, 12 149,84 so‘mni, 6-aprelda esa 20,83 so‘mga oshib, 12 170,67 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 15,14 so‘mga oshib, 14 063,74 so‘mni, rubl esa 1,99 so‘mga oshib, 154,29 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.