Google Chrome’da video va audiolar uchun lazy loading joriy etiladi

6-aprel 2026 20:33 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Google Chrome’da video va audiolar uchun lazy loading joriy etiladi / Foto: PCMag

Google kompaniyasi Chrome brauzerida video va audio elementlarini kechiktirilgan yuklash (lazy loading) bilan ta’minlashni e’lon qildi. Bu haqda PC World nashri xabar berdi.

Lazy loading konsepsiyasi uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lib, uning asosiy maqsadi – sahifadagi og‘irroq elementlarni yengilroq elementlar yuklangach yuklashdir. Shu orqali foydalanuvchilar sahifadagi kontent bilan tezroq ishlay boshlash imkoniga ega bo‘ladi.

2019-yildan beri Chrome va Chromium asosidagi brauzerlarda rasm va iframe elementlari lazy loading bilan ishlaydi. Bu elementlar faqat foydalanuvchi ularni sahifada ko‘rish darajasiga yaqinlashganda yuklanadi.

Endilikda Google lazy loading imkoniyatlarini kengaytirib, video va audio HTML teglarida joylashgan multimedia kontentni ham qamrab olishini bildirgan. Bu o‘zgarish Chrome 148 versiyasida, ham desktop, ham mobil qurilmalarda joriy etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gmail manzilini o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek