Haval C06 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

6-aprel 2026 08:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Haval C06 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: Autohome

Great Wall Motor’ning Haval brendi yangi Haval C06 flagman yo‘ltanlamas modelini sinov jarayonida ko‘rsatdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Tarqalgan rasmlarga ko‘ra, model to‘g‘ri chiziqli, «boxy» dizaynga ega. Old qismida to‘rtburchak faralar va yopiq panjaraga yaqin yechim qo‘llangan. Eng e’tiborga molik jihat — tom qismiga o‘rnatilgan LiDAR sensori bo‘lib, u rivojlangan haydovchiga yordam tizimlari mavjudligini ko‘rsatadi.

Foto: Autohome

Kuzov o‘lchamlari ham yirik segmentga mos. Avtomobil uzunligi 5 metrdan oshadi, kengligi esa taxminan 2 metrga yaqin. Yon tomonda statsionar pog‘onalar va klassik eshik tutqichlari saqlangan. Salon 2+2+2 formatda, ya’ni 6 o‘rindiqli qilib joylashtirilgan. Bu model oilaviy foydalanishga mo‘ljallanganini bildiradi. Ichki qism hali to‘liq ochilmagan, biroq ikki spokli rul va ustun qismiga joylashtirilgan uzatma boshqaruvi ko‘rinib turibdi.

Foto: Autohome

Texnik jihatdan C06 modeli Hi4-T plug-in gibrid tizimi bilan jihozlanishi kutilmoqda. U 2.0 litrli turbo dvigatel va ikki elektr motor kombinatsiyasidan iborat bo‘ladi. Orqa o‘qda elektr motor mavjud bo‘lib, to‘liq yurish tizimini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Haval F7 va Dargo qanday motor bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek