Endi muddatli harbiy xizmatchilar OTMda masofaviy ta’lim olishi mumkin

eʼlon qilindi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab
O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiylari qo‘shma kompyuter o‘quv mashg‘ulotini boshladi
Endi muddatli harbiy xizmatchilar OTMda masofaviy ta’lim olishi mumkin / Foto: Mudofaa vazirligi

Shavkat Mirziyoyev mudofaa salohiyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun ta’lim va kasb-hunar imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab askarlarga oliygohlarga kirish va masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinganlar foizsiz imtiyozli kreditlar olishlari mumkin va oliy ta’limni tamomlagach zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Namunali xizmat oʻtagan askarlar, sport musobaqalari va fan olimpiadalarida birinchi oʻrinni egallaganlar test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilinadi. Harbiy xizmat davomida «Bitta askar – bitta kasb» tamoyili asosida 3 – 6 oylik oʻquv kurslari tashkil etilib, davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Muddatli xizmatdan qaytgan yoshlar kasb-hunar o‘qish xarajatlarini vaucher asosida qoplab berish va davlat tashkilotlarida ishga kirishda imtiyozlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli «Ma’naviyat qalqoni» respublika kitobxonlik tanlovi joriy etildi. Yakuniy bosqichda g‘olib 4 nafar harbiy xizmatchi zamonaviy elektromobil va diplom bilan taqdirlanadi, boshqa sovrinli oʻrinlar esa pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik harbiylar AQShdagi xalqaro musobaqada rekord natija qayd etgan edi.

Shuningdek