«Super Mario: Galaktika kinosi» kinoprokatlarda 372,5 million dollar daromad qildi

eʼlon qilindi
Animatsion film global miqyosda 372,5 million dollar yig‘di
Foto: Rozetked

Universal va Illumination kinokompaniyalarining «Super Mario: Galaktika kinosi» animatsion filmi Shimoliy Amerika va xalqaro bozorda $372,5 mln daromad keltirdi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda.

Film dastlabki dam olish kunlarida 4,2 mingta kinoteatrdan $130 mln, xalqaro bozorda esa 78 ta davlatdan $182,4 mln yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada kartinaning umumjahon daromadi $372,5 mlnga yetdi. $110 mln byudjetga ega ushbu loyiha studiya uchun katta moliyaviy foyda keltirishi kutilmoqda.

Dam olish kunlarida boshqa premyeralar ham prokatda faol ishtirok etdi. Xususan, Zendaya va Robert Pattinson ishtirokidagi «The Drama» filmi $14,4 mln daromad bilan uchinchi o‘rinni egalladi. AMC Theatres rahbari Adam Aronning ta’kidlashicha, «Super Mario: Galaktika kinosi» kabi yirik loyihalar kino bozorida tomoshabinlar oqimini barqaror ravishda ushlab turishga yordam bermoqda.

Foto: Nerd Reactor

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘rgimchak odam: Yangi Kun» treyleri tarixda birinchi marta 1 milliarddan ortiq ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek