Yangiliklar

«Super Mario: Galaktika kinosi» kinoprokatlarda 372,5 million dollar daromad qildi

Animatsion film global miqyosda 372,5 million dollar yig‘di
Foto: Rozetked

Universal va Illumination kinokompaniyalarining «Super Mario: Galaktika kinosi» animatsion filmi Shimoliy Amerika va xalqaro bozorda $372,5 mln daromad keltirdi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda.

Film dastlabki dam olish kunlarida 4,2 mingta kinoteatrdan $130 mln, xalqaro bozorda esa 78 ta davlatdan $182,4 mln yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada kartinaning umumjahon daromadi $372,5 mlnga yetdi. $110 mln budjetga ega ushbu loyiha studiya uchun katta moliyaviy foyda keltirishi kutilmoqda.

The Super Mario Galaxy Movie – Final Trailer

Dam olish kunlarida boshqa premyeralar ham prokatda faol ishtirok etdi. Xususan, Zendaya va Robert Pattinson ishtirokidagi «The Drama» filmi $14,4 mln daromad bilan uchinchi o‘rinni egalladi. AMC Theatres rahbari Adam Aronning ta’kidlashicha, «Super Mario: Galaktika kinosi» kabi yirik loyihalar kino bozorida tomoshabinlar oqimini barqaror ravishda ushlab turishga yordam bermoqda.

Foto: Nerd Reactor

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘rgimchak odam: Yangi Kun» treyleri tarixda birinchi marta 1 milliarddan ortiq ko‘rilgani haqida xabar bergan edi.