Yangiliklar

Un mahsulotini birjaga qo‘ymagan 29 ta korxona savdodan chetlatildi

25 ta korxona nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Un mahsulotini birjaga qo‘ymagan 29 ta korxona savdodan chetlatildi / Foto: Krupasnab

Davlat bug‘doyidan un ishlab chiqarib, birjaga chiqarmagan 29 ta korxona birja savdosidan chetlashtirildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxini barqarorlashtirish va qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida 29 ta korxona birja savdolaridan chetlashtirildi. Amaldagi qonunchilikka binoan, bug‘doy va un mahsulotlari faqat birja orqali sotilishi mumkin bo‘lgan yuqori likvidli va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot hisoblanadi.

Davlat resursidagi, ya’ni budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bug‘doyni, birjadan sotib olingan hajmga muvofiq, yana birjada sotish belgilangan. Ushbu talablar bajarilmagan hollarda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘riladi.

Shu munosabat bilan 2026-yil 3-apreldan boshlab davlat resursidan olingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birja savdolariga chiqarishda belgilangan tartibni bajarmagan 29 ta korxona qonunchilikni buzganligi sababli birja savdolaridan chetlashtirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning I choragi yakunlari bo‘yicha davlat resursidan bug‘doy xarid qilgan va un mahsulotini birja savdolarida realizatsiya qilmagan 25 ta korxona nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha qaror va ko‘rsatmalar qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita tomonidan dorilar narxini oshirgan 991 ta dorixona 8,5 mlrd so‘m asossiz daromad qilgani aniqlangan edi.