
General Motors yangilangan Chevrolet Blazer 2028 modelini ishlab chiqarishni 2027-yil boshida boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2028-yilgi modelning seriyali ishlab chiqarilishi 2027-yilning birinchi choragida boshlanadi.
Yangi model Spring Hill Manufacturing zavodida ishlab chiqariladi. Ushbu korxonada hozirda Cadillac krossoverlari ham yig‘ilmoqda. Ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirish kompaniyaning ichki bozor imkoniyatlarini kengaytirish strategiyasiga mos keladi.
Shu bilan birga, GM ichki yonuv dvigatelli krossoverlar segmentidagi o‘z pozitsiyasini saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 2027-yildan boshlab aynan benzinli Blazer modelini ushbu zavodda ishlab chiqarishini tasdiqlagan.
Hozirgi Blazer modeli Ramos Arizpe zavodida yig‘ilmoqda, ammo yangi avlod ishlab chiqarishga o‘tilishi bilan bu yerda hajmlar bosqichma-bosqich qisqartiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2027-yilgi model jiddiy o‘zgarishlarsiz qoladi, biroq 2028-yilda avtomobil tubdan yangilanadi. Yangi dizayn Cadillac XT5 modeliga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2028-yilgi Chevrolet Blazer’ning saloni ilk bor ko‘rsatilgani haqida yozgandi.