30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya oshirilishi taklif etildi

eʼlon qilindi
Pensiyani hisoblashda bazaviy miqdor ham oshirilishi mumkin
Armiya
30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya oshirilishi taklif etildi / Foto: Depositphotos

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qonun loyihasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini davlat pensiyalari bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilash, pensiya tayinlash shartlari, turlari, miqdorlari hamda hisoblash tartibini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Xususan, 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiyaning bazaviy miqdorini aniqlashda ish haqining hisobga olinadigan qismi 75 foizdan 100 foizga oshirilishi taklif etilmoqda. Shuningdek, pensiyani hisoblashda bazaviy miqdorni o‘n baravar o‘rniga o‘n ikki baravar asosida belgilash ko‘zda tutilgan.

Deputatlar fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish samaradorligini oshirishga, harbiy xizmat jozibadorligini kuchaytirishga hamda pensiya ta’minoti sohasidagi munosabatlarni aniq tartibga solishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq muddatli harbiy xizmatchilar OTMda masofaviy ta’lim olish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek