Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasmiy faoliyatini boshladi

6-aprel kuni Vashington shahrida ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida xabar berdi.




Kengash qo‘shma biznes tashabbuslarini rivojlantirish va mustahkam institut asosini yaratishga qaratilgan.
Shuningdek, kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSh Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha qat’iy intilishlarini amalda tasdiqladi.





Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumi imzolab, qo‘shma loyihalar va biznes tashabbuslarini rivojlantirishni davom ettirishga kelishib oldi.



Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva AQShda biznes hamkorlikni muhokama qilgani haqida yozgandi.