Bitkoin narxi 10 ming dollargacha tushishi mumkin — Bloomberg

eʼlon qilindi
Bu ssenariy Bitkoin $75 ming darajasini ushlab qola olmagan taqdirda amalga oshadi
Bitkoin narxi 10 ming dollargacha tushishi mumkin — Bloomberg
Foto: Pexels

Bloomberg Intelligence tahlilchisi Mayk MakGloun Bitkoin narxi keskin pasayishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, kriptovalyuta $10 ming darajasigacha tushishi ehtimoli bor.

Ekspertning ta’kidlashicha, bu ssenariy Bitkoin $75 ming darajasini ushlab qola olmagan taqdirda amalga oshadi. Aynan shu chegara so‘nggi yillarda bozor uchun muhim burilish nuqtasi bo‘lib kelmoqda.

MakGlounning qayd etishicha, 2020–2021-yillardagi yirik moliyaviy rag‘batlantirishlardan oldin Bitkoin asosan $10 ming atrofida savdo qilingan. Bundan tashqari, 2017-yilda fyucherslar ishga tushirilgandan beri aynan shu daraja eng faol savdo nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Tahlil $75 mingdan past darajada qolish ehtimoliga asoslangan. 2024-yil boshidagi o‘sish ham aynan shu nuqtadan boshlangan edi. 2025-yil mart–aprel oylaridagi pasayish esa shu darajada to‘xtagan.

Hozirgi vaqtda Bitkoin kursi taxminan $69,5 ming (Toshkent vaqti bilan 09:35 da) atrofida shakllanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bitkoin narxi $65 mingdan pastlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek