Avto

Chery Tiggo 9 Qozog‘istonda qariyb 17 ming dollarga arzonladi

Ushbu model bu yerda 16 mln tenge yoki taxminan $30 ming atrofida baholanmoqda
Chery
Foto: Motor.ru

Qozog‘istonda Chery Tiggo 9 krossoveri Rossiyadagiga nisbatan taxminan 37% arzon narxda sotilmoqda. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Xususan, ushbu model mamlakatda 16 mln tenge yoki taxminan $30 ming atrofida baholanmoqda. Bu 2025-yilgi avtomobillar uchun bo‘lib, chegirmalarsiz narx hisoblanadi.

Mazkur krossover bazaviy Ultra komplektatsiyasida to‘liq privod, 2,0 litrli 245 ot kuchiga ega turbomotor hamda 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Rossiyada esa shu avtomobil Prime komplektatsiyasida taxminan $47 ming narxda taklif etilmoqda. Har ikkala versiya nomi turlicha bo‘lsa-da, jihozlanishi deyarli bir xil.

Shu tariqa ikki davlat o‘rtasidagi narx farqi qariyb $17 ming yoki 37% ni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda modelning eng yuqori – Flagship komplektatsiyasi taxminan $32 ming turadi. Rossiyada esa unga yaqin Ultra versiyasi $50 ming atrofida baholanmoqda, bu esa qariyb $18 ming (39%) qimmatroq degani.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery kompaniyasi Exeed EX7 krossoverini ommaviy ishlab chiqarishni boshlagani haqida yozgandi.