Haval kompaniyasi yangi avtomobilini namoyish etdi

7-aprel 2026 13:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Haval kompaniyasi yangi avtomobilini namoyish etdi
Foto: Haval

Xitoyda Great Wall Motor kompaniyasi Haval brendi ostida yangi flagman krossoverini namoyish etdi. Hozircha model HX kod nomi bilan tanilgan bo‘lib, uning rasmiy nomi 10-aprel kuni e’lon qilinadi.

Yangi model to‘liq o‘lchamli SUV bo‘lib, uch qator o‘rindiqlarga ega. Avtomobil GWM One platformasida qurilgan va u benzin, gibrid, plagin-gibrid, elektromobil hamda vodorod variantlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Haval

Sinovlarda ko‘ringan versiya Hi4-Z ikki elektromotorli tizim bilan jihozlangan.

Tashqi ko‘rinishida avtomobil yirik va burchakli dizayni bilan ajralib turadi. Old qismida katta to‘g‘ri burchakli faralar, ingichka radiator panjarasi va katta havo kirish qismi mavjud. Tom qismida LiDAR sensori o‘rnatilgan bo‘lib, bu ilg‘or haydovchi yordamchi tizimlarini qo‘llab-quvvatlashini anglatadi.

Foto: Haval

Orqa qismida esa yon tomonga ochiladigan eshik va tashqi zaxira g‘ildirak joylashgan. Model mustaqil ko‘p bo‘g‘inli orqa osma bilan jihozlangan. Texnik xususiyatlar to‘liq ochiqlanmagan bo‘lsa-da, avtomobil o‘lchami bo‘yicha Haval H9’dan ham katta bo‘lishi kutilmoqda. Yangi HX modelida zamonaviy avtopilot tizimi ham mavjud. U shahar va trassalarda avtomatik boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydi hamda avtomatik parkovka funksiyasiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Haval C06 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek