Lifestyle

Maryam Tillayeva minglab dollarga aldanib qoldi

Unga ko‘ra, safar oldidan barcha rejalari buzilgan
Maryam Tillayeva minglab dollarga aldanib qoldi
Foto: Maryam Tillayeva / Instagram

O‘zbekistonning birinchi prezident Islom Karimovning nabirasi, bloger Maryam Tillayeva xorijdagi festivalga borish jarayonida firibgarlikka uchraganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, safar oldidan barcha rejalari buzilgan. Bloger ushbu tadbirda, jumladan, mashhur xonanda Jastin Biber ishtirok etishi kutilganini aytdi. Safar uchun u O‘zbekistondagi ishlarini to‘xtatib, $11 ming sarflagan.

Biroq 14 soatlik yo‘ldan keyin u aldanganini bilgan. Tillayeva bu holatda Beverli-Xillzdagi bir shaxsni ayblagan. Bir necha soatdan so‘ng Tillayeva Instagram’dagi sahifasida pullarini olgani haqida hikoya joyladi. Bloger shu bilan mavzu yopilganini qayd etgan.

Foto: Instagram / Maryam Tillayeva

«Gap pulda emas, munosabatda. Meni shunchaki tashlab ketishdi», — degan edi Maryam Tillayeva.

Maryam Tillayeva 1999-yil 20-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Uning otasi biznesmen Timur Tillayev, onasi esa Islom Karimovning qizi va O‘zbekistonning YUNESKOdagi sobiq vakili Lola Karimova. Oilada uchta farzand bor: Maryam, uning ukasi Umar va singlisi Safiya. 2025-yilda Maryam onasi bilan besh yil davomida gaplashmaganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Maryam Tillayeva otasi bilan qanday yarashgani haqida so‘zlab bergan edi.