Banklar va moliya

Niderandiyaning ING Group kompaniyasi Rossiyadagi filialini sotishni bekor qildi

Ushbu sotuv bitimi 2025-yil yanvarida e’lon qilingan edi
Foto: ING Group

Niderlandiyaning ING Group Rossiyadagi ING Bank (Eurasia) bo‘linmasini sotish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu sotuv bitimi 2025-yil yanvarida e’lon qilingan edi. ING Bank (Eurasia) aksiyalari Global Development kompaniyasiga o‘tishi rejalashtirilgan, ammo xaridorning kerakli ruxsatlarni olish imkoniyati haqiqiy emasligi aniqlangach, kelishuv bekor qilindi.

Bank xabariga ko‘ra, ING Rossiyada kelajagini ko‘ra olmagan va mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga e’tibor qaratmoqda. 2022-yil fevralidan boshlab bank Rossiya mijozlari bilan yangi bitimlar tuzmaydi, operatsiyalar hajmi qisqargan va Rossiyadagi biznes boshqa tizim hamda tarmoqlardan ajratilgan.

Avvalgi rejalarga ko‘ra, bu bitim Rossiya bozoridagi faoliyatni deyarli tugatishi, Global Development esa brendni yangilagach, mijozlarni xizmat ko‘rsatishda davom ettirishi kerak edi. ING ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi bo‘linma 100% ING Groupga tegishli bo‘lib, asosan yirik korporativ mijozlar va moliyaviy institutlar bilan ishlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Yangi bank» tugatilgani haqida yozgandi.