
Denov tumanidagi propan zapravkada gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Unga ko‘ra, voqea bugun, 7-aprel kuni ertalab Oqtom mahallasida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan.
Dastlabki xabarga ko‘ra, KamAZ rusumli maxsus avtomobildan gaz sig‘imga quyilayotgan paytda chaqnash sodir bo‘lgan va natijada yong‘in kelib chiqqan.
Qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkor yetib borib, qisqa vaqt ichida yong‘inni o‘rab olishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, yong‘inni to‘liq bartaraf etish ishlari bir muddat davom etgan.
Hodisaga gazni bo‘shatish jarayonida texnologik qoidalarning buzilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
FVV xabar berishicha, yong‘in soat 10:10 da o‘chirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Beshqo‘rg‘on» bozorida yong‘in haqida yozgandi.