
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Instagram, Telegram, YouTube, Facebook, TikTok va boshqa platformalarda taqiqlangan manbalar hamda kontentlar bo‘yicha yangi ro‘yxatni e’lon qildi.
2026-yil 6-aprel holatiga ko‘ra, taqiqlangan resurslar soni 1837 tani tashkil etmoqda. Bu 2025-yil 8-yanvar holatiga nisbatan 244 taga ko‘p demakdir. Ushbu ro‘yxatga diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan bog‘liq hamda O‘zbekiston hududida tarqatilishi, saqlanishi yoki namoyish etilishi taqiqlangan materiallar kiritilgan.
Jumladan, Instagramda 121 ta, Telegramda 65 ta, YouTubeda 23 ta, Meta (Facebook)da esa 21 ta manba oshgan. TikTok, Odnoklassniki va boshqa veb-saytlarda o‘sish nisbatan kamroq bo‘lgan, shuningdek, ilk bor Threads platformasida bitta taqiqlangan manba aniqlangan.
Taqiqlangan manba va kontentlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Global terrorizm indeksida 96-o‘ringa pastlagani haqida xabar qilgan edik.