Avto

Toyota bZ4X avtomobili kutilmaganda bestsellerga aylandi

Yaponiyada bZ4X mahalliy brendlar orasida eng ko‘p sotilgan elektromobilga aylandi
Toyota bZ4X kutilmaganda bestsellerga aylandi
Foto: Toyota

2026-yilda yangilangan Toyota bZ4X elektromobili bozorning eng muvaffaqiyatli modellari qatoriga kirdi. Model birinchi chorakdayoq AQShda 10 mingdan ortiq sotildi.

Toyota bZ4X sotuvlar bo‘yicha Hyundai IONIQ 5 va Chevrolet Equinox EV kabi mashhur modellardan ham o‘zib ketdi. Bu natija avval elektromobillar bozorida ortda qolayotgan deb tanqid qilingan Toyota uchun katta burilish bo‘ldi. Model nafaqat AQShda, balki boshqa bozorlarda ham tez ommalashmoqda. Yaponiyada bZ4X mahalliy brendlar orasida eng ko‘p sotilgan elektromobilga aylandi va bir necha oy davomida yetakchilikni saqlab qoldi. Global miqyosda esa model allaqachon eng ko‘p sotilayotgan elektromobillar o‘ntaligiga kirdi.

Foto: Toyota

Toyota esa o‘zining «multi-pathway» strategiyasidan voz kechgani yo‘q. Kompaniya bir vaqtning o‘zida benzin, gibrid va elektromobillarni rivojlantirishda davom etmoqda. Shu bilan birga, elektr modellari qatori kengaymoqda. bZ liniyasiga yangi modellar qo‘shilmoqda va yaqin orada uch qatorli Highlander BEV ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota 550 mingdan ortiq krossoverini qaytarib olayotgani haqida yozgan edi.