Lifestyle

WhatsApp qo‘ng‘iroqlarda shovqinni bekor qilish funksiyasini joriy qilmoqchi

Funksiya avtomatik ravishda ishlaydi
WhatsApp qo‘ng‘iroqlarda shovqinni bekor qilish funksiyasini joriy qiladi / Foto: Techcareer

WhatsApp Android foydalanuvchilari uchun ovozli va video qo‘ng‘iroqlarda fon shovqinini avtomatik ravishda bekor qiluvchi yangi funksiyani ishlab chiqmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Ushbu yangi imkoniyat yordamida foydalanuvchilar atrof-muhitdagi shovqin, tirbandlik yoki shamolli joylarda ham aniq va ravon suhbat qurishlari mumkin bo‘ladi. Funksiya avtomatik ravishda fon shovqinini filtrlab, gaplashayotgan insonlar sizni yaxshiroq eshitish imkoniyatini yaratadi.

Foto: GSM Arena

Shovqinni bekor qilish funksiyasi qo‘ng‘iroq davomida xohlasa yoqish yoki o‘chirish mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan va u dastlab avtomatik yoqilgan holda bo‘ladi. Sozlamani qo‘ng‘iroq menyusida topish mumkin.

Yangi funksiyaning tarqatilishi beta-versiya foydalanuvchilari orasida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Agar beta-sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, bu imkoniyat yaqin haftalar yoki oylar ichida barcha Android foydalanuvchilari uchun joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp kompaniyasi foydalanuvchilarni soxta ilovadan ogohlantirgan edi.