Yangiliklar

Yil boshidan 32,3 mlrd so‘m QQS tadbirkorlarga qaytarildi

Qaytarilgan mablag‘larning asosiy qismi umumiy ovqatlanish korxonalariga to‘g‘ri kelgan
Yil boshidan 32,3 mlrd so‘m QQS tadbirkorlarga qaytarildi
Foto: Pexels

2026-yil boshidan buyon turizm, umumiy ovqatlanish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlarga jami 32,3 mlrd so‘m QQS qaytarildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qaytarilgan mablag‘larning asosiy qismi umumiy ovqatlanish korxonalariga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yo‘nalishda 587 ta korxonaga 25,6 mlrd so‘m qaytarilgan. Shuningdek, 99 ta mehmonxonaga 1,6 mlrd so‘m, 15 ta turoperatorga esa 273,1 mln so‘m QQS qaytarildi.

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 28 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari 1,1 mlrd so‘m mablag‘ oldi. Bundan tashqari, 111 ta zargarlik korxonalariga 3,7 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Jadval:

Yo‘nalishKorxonalar soniQaytarilgan QQS
Turoperatorlar15 ta273,1 mln so‘m
Mehmonxonalar99 ta1,6 mlrd so‘m
Umumiy ovqatlanish587 ta25,6 mlrd so‘m
Chorvachilik va parrandachilik28 ta1,1 mlrd so‘m
Zargarlik korxonalari111 ta3,7 mlrd so‘m
Jami840 ta32,3 mlrd so‘m

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2030-yilga borib soliq tushumlari 491,5 trln so‘mga yetkazilishi haqida yozgan edi.