Avto

Zeekr 8X avtomobili qachon taqdim etiladi

Model 16-mart kuni oldindan buyurtmaga ochilgan edi
Zeekr 8X avtomobili qachon taqdim etiladi
Foto: News.cn

Geely tarkibidagi Zeekr brendi Zeekr 8X avtomobili 17-aprel kuni rasman taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Model 16-mart kuni oldindan buyurtmaga ochilgan edi. Atigi 38 daqiqada 10 mingdan ortiq buyurtma qabul qilindi. 48 soat ichida esa buyurtmalar soni 30 mingdan oshdi. Kutilayotgan taqdimotda modelning yakuniy narxlari e’lon qilinadi va ayrim versiyalar darhol yetkazib berila boshlaydi.

Foto: Zeekr

Dastlabki narxlar 376,8 ming yuandan 516,8 ming yuangacha belgilangan. Bu taxminan $54,6 mingdan $74,9 minggacha degani. Model bir nechta komplektatsiyada taklif qilinadi. Zeekr 8X yangi Haohan-S gibrid platformasiga asoslangan. U 900 voltli yuqori kuchlanish tizimi bilan jihozlangan. Avtomobil 2.0 litrli turbomotor va elektr dvigatellar kombinatsiyasida ishlaydi.

Eng kuchli versiyada uchta elektromotor qo‘llanilgan. Ularning umumiy quvvati 1 381 ot kuchiga yetadi. Bunday model 0 dan 100 km/soatgacha atigi 2,96 soniyada tezlashadi. Ikki motorli versiya esa bu tezlikka 3,7 soniyada chiqadi. Avtomobil 70 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Faqat elektrda yurish zaxirasi 410 kmni tashkil etadi. Umumiy yurish masofasi esa 1 416 kmgacha yetadi. Tezkor zaryadlash tizimi yordamida batareyani 20 foizdan 80 foizgacha 9 daqiqada to‘ldirish mumkin.

Foto: Zeekr

Model 5,1 metr uzunlikka ega bo‘lib, salon 5 yoki 6 o‘rindiqli variantlarda taqdim etiladi. Ichki qismda OLED displey, 29 ta karnayli audio tizim va keng bagaj mavjud. U ilg‘or haydovchiga yordam tizimi bilan ham jihozlangan. Unda 43 ta sensor, bir nechta LiDAR va yuqori hisoblash quvvatiga ega chiplar ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 7 GT va 007 elektromobillarining sotuvi boshlangani haqida yozgan edi.