Yangiliklar

2026-yil boshidan 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m homiladorlik nafaqasi to‘langan

Nafaqa miqdori ham keskin oshgani qayd etilgan
2026-yil boshidan 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m nafaqa to‘langan
Foto: Pexels

2026-yil boshidan buyon 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m homiladorlik nafaqasi to‘langan. Bu haqda Ijtimoiy milliy himoya agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, joriy yildan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash tizimi o‘zgargan. Endi ushbu nafaqalar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan proaktiv tarzda tayinlanmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, davlat va nodavlat sektoridagi ish beruvchilar nafaqa to‘lashdan to‘liq ozod etildi. Barcha to‘lovlar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Nafaqa miqdori ham keskin oshgan. 2025-yilda bir ayolga o‘rtacha 2,6 mln so‘m to‘langan bo‘lsa, 2026-yilda bu summa 6,1 baravar ko‘payib, 14,6 mln so‘mni tashkil etdi.

Xususiy sektorda ham sezilarli o‘sish kuzatilgan. Agar 2025-yil 1-choragida 2,8 ming nafar ayol nafaqa olgan bo‘lsa, 2026-yilda mazkur ko‘rsatkich 2 baravar oshib, 5,6 ming nafarga yetdi. Xususiy tashkilotlarda ishlovchi ayollarga 2025-yilda 7,2 mlrd so‘m to‘langan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 11,3 baravar o‘sib, 81,7 mlrd so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri homilador ayol bir kunda qancha uxlashi kerakligi haqida yozgan edi.