390 dollarlik OnePlus Nord 6 smartfoni taqdim etildi

8-aprel 2026 12:26 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: OnePlus

OnePlus kompaniyasi OnePlus Nord 6 smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Yangi modelni katta batareyaga ega smartfonlar qatoriga kiritish mumkin. Uning quvvati 9 ming mA·soat. Qurilma 80 Vt tezkor quvvatlashni va 27 Vt simli aks quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon 6,78 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan, Full HD+ ruxsat va 165 Hz yangilanish chastotasi mavjud. Qurilmaning markazida Snapdragon 8s Gen 4 platformasi ishlaydi, korpusi esa IP69K standarti bo‘yicha himoyalangan, ya’ni suv va changga chidamli.

OnePlus Nord 6 Android 16 operatsion tizimi va OxygenOS 16 interfeysi bilan ishlaydi. Xotira konfiguratsiyalari ikki xil: 8/256 GB va 12/256 GB. Asosiy kamera 50 MP Sony LYTIA-600 sensori bilan, old kamera esa 32 MP va avtomatik fokusga ega.

Bundan tashqari, qurilmada Wi-Fi 7, Bluetooth 6, stereo karnaylar, IR-fider va kuchli vibratsion motor mavjud. Birinchi xaridorlar uchun smartfonning boshlang‘ich narxi $390 etib belgilangan. Ishlab chiqaruvchi qurilmaning 6 yil davomida yaxshi ishlashini va’da qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mart oyining eng kuchli smartfonlari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek