
AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan ikki haftalik sulh fonida global bozorda keskin o‘zgarishlar kuzatildi. WTI nefti narxi 16 foizdan ortiq tushdi. Bu haqda Onivest.com nashri xabar bermoqda.
Bozorlar bu xabarga tez reaksiya bildirdi. AQSh fond bozori indekslari kunlik pasayishni qoplab, keskin o‘sishni boshladi. S&P 500 fyucherslari 2,3 foizga, Nasdaq esa 2,7 foizga oshdi. Neft bozorida esa aksincha holat kuzatildi. Brent narxi 14 foizga tushib, $94 atrofida shakllandi. WTI esa 17 foizdan ortiq arzonlab, $95 darajasiga tushdi.

Nashr tahlilchilariga ko‘ra, agar uzoq muddatli tinchlik kelishuvi imzolansa, neft narxi yana $15–30 ga pasayishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri neft narxi 4 yillik maksimumga yaqinlashgani haqida yozgan edi.