AQSh va Eron sulhi: Hurmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati tiklanmadi

eʼlon qilindi
Kema egalari ijobiy signallar hamda rasmiy tavsiyalarni kutmoqda
Foto: TVP World

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasida sulh e’lon qilinganiga bir necha soat bo‘lishiga qaramay, Hurmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati deyarli kuzatilmayapti. Bu haqda DW xabar bermoqda.

AQSh Harbiy dengiz kuchlarining sobiq ofitseri va kema qatnovi bo‘yicha ekspert Charli Braunning ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv kemalar harakati darhol normallashishini anglatmaydi. Kema egalari dengiz xavfsizligi xizmatlari, ro‘yxatdan o‘tgan davlatlar va eng muhimi, harbiy xavflarni sug‘urtalovchi kompaniyalardan rasmiy tavsiyalarni kutmoqda.

«Agar bo‘g‘ozdan o‘tishga qaror qilgan birinchi kemalar tranzitni muvaffaqiyatli yakunlasa, bu haqiqiy signal bo‘ladi va qolganlar ularga ergashadi», – dedi Braun.

Urush boshlanganidan beri Eron Fors va Ummon ko‘rfazlarini bog‘lovchi Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinida kamida 19 ta kemaga hujum qilgan. Olti haftadan ortiq davom etgan qamal neft yetkazib berishni falaj qilib, jahon bozorlarining qulashiga olib keldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron va AQSh ikki haftalik sulhga kelishgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek