Audi E7X avtomobili poygada raqobatchilarini ortda qoldirdi

8-aprel 2026 13:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi E7X avtomobili poygada raqobatchilarini ortda qoldirdi
Foto: Audi

Audi kompaniyasining yangi Audi E7X elektr krossoveri poygada rekord natija qayd etdi. U Xiaomi YU7 va Porsche Macan Electric modellaridan yaxshiroq natijani qayd etgan.

Sinovlar Xitoydagi Shaosin shahrida joylashgan maxsus trekda o‘tkazildi. 2,42 km uzunlikdagi murakkab yo‘lda E7X bir aylanishni 1 daqiqa 47,93 soniyada bosib o‘tdi. Bu ko‘rsatkich uni segmentdagi eng tez SUVga aylantirdi.

Foto: Audi

Yangi model yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan. U ikkita elektr motorli AWD tizimiga ega bo‘lib, umumiy quvvati 500 kVt yoki 670 ot kuchini tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 3,9 soniyada chiqadi.

Texnik jihatdan E7X kuchli shassi bilan ajralib turadi. Modelda orqa g‘ildiraklarni boshqarish tizimi, Brembo tormozlari va alyuminiy osma qo‘llangan. Shuningdek, havo osmasi va zamonaviy amortizatsiya tizimi mavjud.

Foto: Audi

Krossover 5 metrga yaqin uzunlikka ega bo‘lib, katta segmentga kiradi. Batareya variantlari 100 va 109,3 kVt/soatni tashkil etadi. Bir zaryadda 635 km dan 751 km gacha masofa bosib o‘tishi mumkin. Audi E7X rasmiy ravishda 24-aprel kuni Pekin avtosalonida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Audi A6L avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek