«Bavariya» safarda «Real»dan ustun keldi

8-aprel 2026 01:54 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

Madriddagi «Santiago Bernabeu» stadionida UEFA Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasida «Real Madrid» Germaniyaning «Bavariya» klubini qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limning 41-daqiqasida Serj Gnabriyning himoyachilar orasidan uzatgan to‘pini Luis Diaz darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq maydon egalari to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Maykl Olise to‘pni egallab olib, Harri Keynga pas berdi. Angliyalik hujumchi esa nishonda adashmadi.

Hisobda ortda borayotgan «Qirollik klubi» ketma-ket hujumlar uyushtirdi va 74-daqiqada o‘z maqsadiga erishdi. Trent Aleksandr-Arnold qanotdan uzatgan to‘pni Kilian Mbappe darvozaga joylab qo‘ydi. Yakuniy hisob – 1:2.

Ma’lumot uchun, jamoalarning javob bahsi 15-apreldan 16-aprelga o‘tar kechasi Myunxendagi «Allianz Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chempionlar ligasida chorak final juftliklari rasman aniq bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek