
Xitoyning Nio kompaniyasi Firefly 2026 elektromobilini rasman taqdim etdi. Model 7-aprel kuni sotuvga chiqdi. Narxlar $17,4 mingdan $18,2 minggacha belgilangan.
Batareyani ijaraga olish sxemasi ham taklif qilinmoqda. Bu holda avtomobil narxi $11,6 mingdan boshlanadi. Model ikki xil komplektatsiyada taqdim etildi va narxlar avvalgi versiyaga nisbatan o‘zgarmagan.

Yangilangan Firefly tashqi ko‘rinishda sezilarli o‘zgarishlarga ega. Avtomobilga yangi rang qo‘shildi. U Portugaliyaning Porto shahridagi tarixiy binolardan ilhomlangan. Shuningdek, yangi ikki rangli disklar va qora bamper elementlari paydo bo‘lgan.
Modelning uzunligi 4003 mm, kengligi 1781 mm va balandligi 1557 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2615 mm. Avtomobil 92 litrli old bagaj bilan jihozlangan. Yon oynalarda esa haydovchi yordam tizimi ishlayotganini ko‘rsatuvchi ko‘k LED indikatorlar mavjud.

Salon ham yangilangan. Endi avtomobilda Aster 1.4.0 multimedia tizimi o‘rnatilgan. U parkovka yordamchisi, o‘yinlarni ekranga uzatish, sozlanadigan signal tovushlari va ambient yoritish kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Texnik jihatdan model kuchliroq bo‘ldi. Elektromotor quvvati 120 kVtga yetkazilgan. Bu 161 ot kuchiga teng bo‘lib, oldingi versiyadan 20 ot kuchiga ko‘proq.

Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha 7,9 soniyada tezlashadi. Bu ham avvalgi modelga qaraganda tezroq natija hisoblanadi. Batareya sig‘imi 42,1 kVt/soat bo‘lib qolgan. Bir zaryadda 420 km masofa bosib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio ES9 avtomobili rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.